Yunusobod tumani Navoiy ko‘chasida 57-yo‘nalishda qatnovchi Mercedes-Benz Low Floor avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

4-avtobus saroyiga qarashli transport vositasi «Erkin qo‘rg‘oni-Oloy bozori» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Yong‘in haqidagi xabar seshanba kuni 7:23 da kelib tushdi. Yong‘inga avtotransport vositasi yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Yong‘in 7:29 da bartaraf etildi. Haydovchi va yo‘lovchilar jabrlanmadi.