Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkentda 2018−2019 o‘quv yilidan boshlab bolalarni maktabga bepul majburiy tayyorlash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi. Bu O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 8 dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga (MTM) bormaydigan bolalarga yordam ko‘rsatish uchun tashkillashtirilmoqda.

Majburiy tayyorlov guruhlari uchun o‘quv yili 10 dekabrdan 10 avgustga qadar davom etadi. Tajriba guruhlariga 1 sentyabrda 5 yoshu olti oyga to‘lgan va MTMlarga bormaydigan bolalar qabul qilinadi. Alohida

Ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning ovqatlanishini tashkil etish shartisiz bir haftada kamida 15 soat (bir kunda 3−4 soat) o‘qitishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Bitta guruhda bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Jami 494 ta guruh tashkil etiladi.

Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan hududlar ro‘yxati quyida keltirilgan:

Guruhlar MTM, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kollejlar, «Barkamol avlod» bolalar markazlari, posyolka, qishloq, ovul hamda mahallalar fuqarolar yig‘inlari, aholi dam olish markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari bazalarida tashkil etiladi.

Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga tegishli davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashni joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladigan hududlar ro‘yxati quyida keltirilgan:

Tajriba loyihasini joriy etish yakunlari bo‘yicha 1 sentyabrgacha muddatda tahlil o‘tkazish va bolalarni boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlov yagona tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.