O‘zbekistonning birinchi prezidentining nevarasi kichik Islom Karimov onasi Gulnora Karimova mamlakatdagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilganini ma’lum qildi.

«Mamlakatimizning yangi rahbariyati tashabbusi bilan ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli bazani qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi», — deb yozdi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ingliz tilida.

U o‘z hayoti davomida erishganlarining barchasini hech qanday shaxsiy manfaatlarsiz sarflash maqsadida. Agarda zarurat tug‘ilsa, mamlakatda kechayotgan jarayonlarga o‘z yordamini qo‘shishga tayyor, deyiladi yozuvda.

Ayni vaqtda Londonda yashayotgan 25 yoshli kichik Islom Karimov turli sabablarga ko‘ra har kim ham jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘la olmaydi.

«U o‘zgarishlarni hoziroq boshlash kerakligiga va biz har doim barchasining uzoq o‘tmishda o‘zgarishini kutib, orzular bilan yashay olmasligimizga ishonadi… Umid qilamizki, bunday qo‘llab-quvvatlash mamlakatning yangi rahbariyatining sa’y-harakatlariga mos keladi va barcha O‘zbekistonda ko‘rishni istayotgan o‘zgarishlarga hamohang bo‘ladi», — deya ta’kidladi kichik Islom Karimov.

O‘tgan yilning iyulida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova 2015 yil avgustida besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtda unga nisbatan yana bir jinoiy ish davom etayotgan edi. Ikkita jinoiy ish bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3,7 trln so‘m deb baholandi.

Oktyabrda Buyuk Britaniya hukumati O‘zbekistonda Gulnora Karimova ishtirokidi korrupsion kelishuvlardan olingan daromadlarni qaytarish bo‘yicha harakatlar boshlanganini ma’lum qildi.