Toshkentning asosiy Yangi yil archasi Istiqlol ko‘chasidagi Navoiy nomidagi kutubxona qarshisiga o‘rnatildi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.

Xalqlar do‘stligi hamda Toshkent davlat sirki oldidagi Xadra maydonlari, Next va Compass savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida hamda Roison Electronics korxonasi yaqinidagi Al Xorazmiy mavzesida yana beshta archa o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, poytaxtning har bir tumanida Yangi yil archalari o‘rnatilgan qo‘shimcha maydonchalar tashkil etiladi. Tumanlar hokimiyatlari poytaxt hayvonot bog‘i, Ecobozor savdo majmuasi, Green Park hududlarida, «Ashxobod», «Do‘stlik», «Ekopark», Mirzo Ulug‘bek nomidagi Central Park istirohat bog‘lari, Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr qarshisidagi maydon, Milliy bank yaqinida, Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi hamda Bektemir tuman Madaniyat va istirohat markazida ham bayram tadbirlarini o‘tkazadi.