Marhum san’atkor Inog‘om Odilovning farzandi — aktyor, rejissor Oybek Odilov xastalik tufayli 10 dekabr kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning «Ayol zoti» serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissor sifatida «Osmon yaqin» (2006 yil) filmini suratga olgan va unda bosh rolni ijro etgan. Shuningdek, dublyaj aktyori sifatida qator filmlarga ovoz bergan.