Hafta davomida O‘zbekiston hududida quruq havo hukmron bo‘lishi, ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Telegram-kanalida O‘zgidromet ma’lumotlarini e’lon qildi.

Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi — +5…+10 dan +10…+15 gacha atrofida bo‘ladi. Shimoliy hududlarda tungi harorat −7…−5 darajagacha tushadi.

O‘tgan hafta so‘ngida kuzatilgan yog‘ingarchiliklarni Turkmanistondan kirib kelgan janubiy siklon keltirib chiqargan edi. Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatilmadi. Ushbu kunlarda harorat kechasi +3…+8, kunduzi — +10…+15, yomg‘irlar vaqtida esa +5…+10 daraja atrofida bo‘ldi.