«G‘ishtko‘prik» chegara-bojxona postiga kirib kelgan navbatdagi «Chimkent-Toshkent» yo‘nalishidagi avtobus bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda noqonuniy holatlar aniqlandi, deya xabar qildi O‘zA Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib.


Mazkur avtobus haydovchisi umumiy qiymati 87 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 10 turdagi dori vositalari, 980 quti tamaki mahsulotlari, shuningdek, avto ehtiyot qismlar, radiopriyomniklar va energetik ichimliklarni avtobusning shift qismiga mohirlik bilan yashirganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.