5 dekabr kuni London fond birjasiga (London Stock Exchange) Xalqaro moliya korporatsiyasining o‘zbek so‘miga nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligatsiyalarining navbatdagi adadi joylashtirildi.

O‘zbekiston Markaziy bankining xabar qilishicha, obligatsiyalarning umumiy hajmi 123 mlrd so‘mni, to‘lov muddati 2 yil, kupon stavkasi esa yiliga 9,45 foizni tashkil etadi. Olingan foyda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit sifatida «Ipak yo‘li banki"ga taqdim etiladi.

Joriy yilda London birjasiga umumiy qiymati 240 mlrd so‘mlik Samarkand Bonds obligatsiyalarining avvalgi uch nashri kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun «Hamkorbank"ga yo‘naltirilgan edi.