Noyabrda Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari oktyabrdagi 633 sh. b.ga nisbatan 2 foizga oshib, 647 sh. b.ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi.

Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 3 foizga oshdi va 688 sh. b.ga, panel turdagilari narxi esa 1 foizga o‘sdi va 620 sh. b.ga yetdi.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 634 sh. b. (+1%), ikki xonali — 634 (+2%), uch xonali — 661 (+3%), to‘rt va undan ortiq xonali — 662 (+2%).

Ma’lumot uchun: Narxlar faqatgina axborot maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Narxlar dom.vsem.uz va uybor.uz internet manbalari tomonidan taqdim etilgan. Taklif etilayotgan qiymatlar barcha ma’lumotlar bazasidan tanlab olingan sotuvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan.