Toshkent markazida Tashkent Central Park ko‘p tarmoqli majmuasini qurish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 dekabrdagi qarorida bu haqda so‘z boradi.

Majmua maydoni 2,5 ga ni tashkil etib, Yunusobod tumanining Amir Temur shoh ko‘chasi, Shahrisabz va Istiqlol ko‘chalari chegarasida (yagona bo‘sh hudud — Ucell bosh idorasi qarshisidagi avtoturargoh) qad rostlaydi.

Loyiha Turkiyada sentyabrda ro‘yxatga olingan Taşkent Merkez Park Gayrimenkul Yatirim A. Ş. kompaniyasi tomonidan milliy UzTur Investment and Development kompaniyasi (u haqda ma’lumotlar yo‘q) bunyod etiladi.

2019−2020 yillarga mo‘ljallangan loyihada besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz, tijoriy banklar uchun ma’muriy binolar va boshqa inshootlarni qurish ko‘zda tutilgan.

Investorlar va pudratchi tashkilotlar 2021 yil so‘ngiga qadar barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar, yagona ijtimoiy to‘lov va bojxona bojlari (yig‘imlar bundan mustasno), O‘zbekiston norezidentlari amalga oshirgan xizmat va ishlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.