Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida shu yil 5 dekabr kuni noma’lum haydovchi «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasini Bog‘dod shaharchasi Kumushtola ko‘chasida haydab ketayotib, yo‘l chetida mast holda yotgan, Bog‘dod shaharchasida yashagan O.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada O.A. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Bog‘dod tumanida yashovchi Q.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.