5 dekabr kuni taxminan 18:25 da A-373 M-39 «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh» avtoyo‘lining 214-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga yo‘l olgan Nexia avtomobili yo‘l chetida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan Iveco avtokranining orqa qismiga borib urilgan.

YTH natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi yengil tan jarohatlari bilan Angren markaziy shifoxonasiga yetkazildi.