O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident u yerda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.