6 dekabr kuni 18:18 da Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘li «Mashinasozlar» bekatida birinchi yo‘l bo‘yicha harakatlanayotgan poyezd eshiklarining ochilib yopilishidagi havo tizimida nosozlik kuzatildi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.

Nosozlik sababli mazkur harakat tarkibi depoga olib kirildi. Ushbu vaqt mobaynida boshqa metro poyezdlari Toshkent metro bekatidan aylantirilib harakat tashkil qilindi.

Nosozlik 15 daqiqada bartaraf etilib, mazkur yo‘nalishdagi metro poyezdlari belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirdi.