Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda 2019 yildagi ish kunlari soni va ish vaqti me’yori to‘g‘risida axborot berilgan. Mazkur ma’lumotlar har oy, shuningdek chorak, yarim yillik va umuman bir yil kesimida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 12.11.2018 yil 12 noyabrdagi farmoni bilan rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangan va dam olish kunlari ko‘chirilgan.

«Ish vaqti kalendari» degan norasmiy nomga ham ega bo‘lgan, e’tiborga havola etilayotgan hisob-kitob kadrlar ishini yurituvchi xodimlarga ham, buxgalterlarga ham foydali bo‘ladi.

Birinchidan, u ish soatlari va kunlari, shuningdek dam olish kunlari soni haqida to‘liq manzarani shakllantiradi. Bu tabelni to‘g‘ri yuritish va ish vaqti muvozanatini nazorat qilishda yordam beradi.

Ikkinchidan, korxonada ish vaqti hisobi qo‘shib yuritilsa va har bir xodim uchun uning me’yori belgilangan hisob davriga (oy, chorak, yarim yillik, yil) qarab aniqlansa, kalendar juda qo‘l keladi.

Uchinchidan, tavsiya etilayotgan hisob-kitobdagi axborotdan ish haqi, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va ish soatlariga bog‘liq bo‘lgan boshqa hisoblanmalarni hisoblashda foydalanish mumkin.