Hozirga qadar adashib jinoyat yo‘liga kirgan, sodir etgan jinoiy qilmishidan chin ko‘ngidan pushaymon bo‘lgan 386 nafar yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlarining «Yoshlar kafilligi» asosida sud zalidan ozod qilinib, sudlar ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turi tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Albatta, joylarda hali hanuz o‘zining yechimini kutayotgan muammolar ijobiy hal etilmaganligi sababli yoshlar o‘rtasida jinoyatlar yuz bermoqda. Umumiy sodir etilgan jinoyatlarning 34,4 foizi yoshlar ishtirokida yuz berayotgani ishlar sifatini yanada oshirish, hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston aholisining 60 foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil qiladi. Shuni hisobga olib, Yoshlar ittifoqi tizimida «2018 yil — Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish vahuquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini samarali tashkil etish yili» deb e’lon qilingan edi.