3 dekabr kuni taxminan 8:10 da Farg‘ona viloyati Quva tumani Akbarobod qishlog‘idagi qo‘riqlanuvchi yo‘lda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, natijada uch kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, «Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon» temir yo‘lining 3-piket 279-kilometrida Damas avtomobili (davlat raqami 40V184QA) qo‘pol ravishda YHQni buzib, elektropoyezd (№6312) bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida mashinaning uch nafar yosh qiz yo‘lovchisi — G. A. (1999 y.t.), S. A. (2000) va M. K. (2004) hayotdan ko‘z yumdi, besh kishi, jumladan haydovchi M. D. (1986) va to‘rt qiz — S. K. (2000), J. S. (1995), Z. K. (1995) va D. A. (1995) jarohatlandi. Jarohatlanganlar tuman markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.