Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Bahodirjon Ochilboyevich Onorboyev Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazrligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Institut paxta, to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaachilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.