Ibragim Kodjonazarovich Djunusov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov shu haqdagi farmonni imzoladi, deya xabar qildi qo‘shni davlat rahbari matbuot ximati.

Ibragim Djunusov avval, 2014 yildan Qirg‘izistonning Turkiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan. U turli yillarda bosh vazir o‘rinbosari hamda madaniyat va turizm vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Artist sifatida ham mashhur.

Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida 2016 yildan buyon Daniyar Sadikov faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. U O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini shaxsan topshirgan ilk diplomatik missiyalar rahbarlaridan biriga aylangan edi.