GM Uzbekistan modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq, Chevrolet Malibu avtomobillarining hozirgi avlodi ishlab chiqarishdan to‘xtatiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 31 dekabrga qadar davom etadi.

GM Uzbekistan dilerlik korxonalari bilan birgalikda xaridorlar oldidagi majburiyatlari bajarilishini to‘liq ta’minlaydi hamda avval shartnoma tuzgan xaridorlarga avtomobil to‘liq hajmda yetkazib beriladi.

10 sentyabrdan GM Uzbekistan Captiva rusumli avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma olishga arizalarni ro‘yxatga olishni to‘xtatgan edi.