Rovshan Xamidullayevich Tursunov O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni shu haqdagi qarorni imzolandi.

Davlat inspeksiyasi davlat rahbarining 21-noyabrdagi qarori bilan AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi o‘rniga tashkil etildi. Mazkur inspeksiya huzurida Texnik ko‘maklashish markazi faoliyat ko‘rsatadi.