O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

polkovnik Rahmonov Shavkat Navro‘zovich Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Murodov Oybek Xudayberdiyevich Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Sayfulov Rustam Amirovich Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Abduraimov Akmal Qo‘chqorovich Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.