O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 11 oyi davomida respublika hududida jami 10680 ta yong‘inlar qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 106 nafar inson halok bo‘lgan va 309 nafar kishi tan jarohati olgan.

Yong‘inlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 680 taga (6 foizga), yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 27 taga (20 foizga) va tan jarohati olishi 49 taga (14 foizga) kamaygan. Ushbu yong‘inlarda 73 nafar insonlar qutqarib qolingan.

Bundan tashqari, sodir bo‘lgan yong‘inlar ayrim yo‘nalishlarda kamayishiga erishildi. Jumladan, materiallarni ochiq saqlash joylarida 30 foizga, omborxonalarda 27 foizga, o‘quv yurtlarida 19 foizga, madaniy-tomosha muassasalari, davolash muassasalari va ishlab chiqarish sexlarida 15 foizga, ma’muriy-jamoat muassasalarida 14 foizga, shuningdek, yong‘inlarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha: texnologik protsessini buzilishi oqibatida 37 foizga, bolalar sho‘xligidan 10 foizga, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va texnologik xodisalar oqibatida hamda qasddan o‘t qo‘yishdan 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan 5 foizga, elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishidan 4 foizga kamayishiga erishilgan.