Endilikda yo‘l-patrul xizmati xodimlari o‘z vazifalarini yashirin tarzda olib bora olishmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (VMQ-975, 01.12.2018 y.) muvofiq:

transport to‘xtatilganda haydovchi YPX xodimi to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligini tasdiqlovchi dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan tanishishi mumkin;

YPX xodimi tomonidan o‘zining dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi;

YPX xodimi transportni va yuklarni ko‘zdan kechirish, transportni ta’qib qilish yoki kuzatish huquqiga ega. Bunda yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etilmasligi lozim;

YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini belgilangan epikirovkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.