Joriy yilning 29 noyabr — 3 dekabr kunlari Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, kadetlar va kattalar o‘rtasida jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 18 davlatidan 1975 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 53 nafar sportchi himoya qilishdi. Delegatsiyaga O‘zbekiston taekvondo ITF assotsiatsiyasi rahbari Laziz Xasanov boshchilik qildi. O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada 18 ta oltin, 9 ta kumush va 18 ta bronza medalni ko‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 8−9 dekabr kunlari Toshkentda taekvondo ITF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi.