Rossiya Texnik nazorat va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) Ravon 5219 dona Nexia R3 rusumli avtomobilni ko‘ngilli ravishda qaytarib olishga rozi bo‘lgani to‘g‘risida xabar qildi.

«Ravon Motors Rus» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yil may oyidan 2018 yil martigacha bo‘lgan muddatda sotilgan (VIN-kodlar — PDF) avtomobillar qaytarib olinmoqda.

«Transport vositalarining qaytarib olinishiga prujinali xomutning bosib turuvchi kuchi yetarlicha bo‘lmagani sababli metall quvur bilan chiqarish shlangining almashtirib qo‘yilgani ehtimoli borligi sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

«Ravon Motors Rus» vakillari qaytarib olish ro‘yxatidagi Nexia R3 egalariga xat yozish yoki qo‘ng‘iroq qilish orqali yaqin atrofdagi dilerlik markazlariga transport vositalarini ta’mirlash uchun olib borishni ma’lum qilmoqda. Avtomashina egalarining o‘zlari ham avtomobil VIN-kodi ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatga mos kelsa, mustaqil ravishda yaqin atrofdagi dilerlik markazlari bilan bog‘lanib, ta’mirga yozilishlari mumkin.

Transport vositalarida boshqaruv chambaragi shlang tizimiga qo‘shimcha ikkita xomut o‘rnatish ishlari olib boriladi. Bu ishlar bepul amalga oshiriladi.