4 dekabr kuni 10:30 larda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi «Moltop» QFY Yangi qishlog‘i yashagan 2 fuqaro hamda «Mirzabuloq» QFY Ketmonchi qishlog‘ida istiqomat qilgan 2 fuqaro is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

O‘zbekiston FVVning Jizzax viloyati FVB ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, marhumlar qo‘lbola isitish pechidan foydalanishda gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etmagan.