O‘zbekiston terma jamoasi ilk marotaba 16 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Birinchilikda mamlakat nomidan Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Sitora Saparova, Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboyev ishtirok etdi.

O‘zbekiston shaxmatchilari to‘qqiz turda Vengriya (4:0), Polsha (3:1), Moldova (3,5:0,5), Rossiya (3:1), Hindiston (3:1), Ukraina (3,5:0,5) termalari ustidan g‘alaba qozonib, AQSH jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1,5:2,5).

«O‘zbekiston terma jamoasi avval bunday natija ko‘rsatmagan. Butunjahon shaxmat olimpiadasining mazkur oltin medali o‘zbek shaxmati tarixida dastlabkisidir», - deyiladi xabarda.