Farhod Ibragimov Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsion markazi direktori lavozimini tark etdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Markazni 2017 yil 1 dekabrdan buyon boshqarib kelayotgan Farhod Ibragimov noyabr o‘rtalarida lavozimini tark etgan edi, biroq MUIC mazkur axborotni rad etdi. Markazga Nodir Dehqonov direktor etib tayinlandi.

MUIC markazidagi axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, markazda kadrlar tarkibi tarqatib yuborilgan, Farhod Ibragimov esa AKT vazirligi tuzilmasida ishlashni boshlagan. MUIC matbuot xizmati o‘zgarishlar yuzasidan izoh bermadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Innovatsiya markazining maqsadi iqtisodiyot sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, ilm-fan, ta’lim hamda ishlab chiqarish jarayonlarini markazlashtirish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiquvchilari va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar, preferensiyalarni taqdim etishdan iborat. Uning kelgusidagi rejalari noma’lum. Ayni paytda AKT vazirligi huzurida Hindiston bilan hamkorlikda Dasturlar va innovatsion mahsulotlar texnoparki tashkil etilmoqda.