3 dekabr kuni taxminan soat 8:45 da Toshkent metropolitening «Pushkin» bekatida temiryo‘l relslariga 67 yoshli kishi yiqilib tushdi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

IIB xodimlari shu zahotiyoq metro elektropoyezdini to‘xtatib, jabrlangan kishiga yordam ko‘rsatdi.

Yiqilgan kishi yengil tan jarohatlari olgan. Hodisaga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.