7 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qilib, shu yil 1 noyabr kuni uning yashash uyida «Abror Toshmatov» ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganini ma’lum qilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida «Toza Hudud» DUK haydovchisi bo‘lgan Sh. J. sodir etgani aniqlanib, gumondor ushlangan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.