Amerika Qo‘shma Shtatlarining qirq birinchi prezidenti katta Jorj Bush 30 noyabr kuni 94 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li kichik Jorj Bush ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Jorj Bush (biografiyasi) 1989-1993 yillarda davlat rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. U AQSH Markaziy razvedkasining 11-direktori (1976-1977 yillarda) hamda mamlakatning 43-vitse-prezidenti ham bo‘lgan (1981-1989 yillarda).

Joriy yil aprelida u bilan 73 yil birga hayot kechirgan turmush o‘rtog‘i - Barbara Bush hayotdan ko‘z yumgan edi.