O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Salome Zurabishvilini Gruziya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Gruziyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida Fransiyada gruzin siyosiy muhojirlari oilasida tug‘ilgan 66 yoshli Salome Zurabishvili 59,52 foiz ovoz to‘plagan holda g‘olib chiqib, mamlakat tarixidagi ilk ayol-prezidentga aylangan edi. Inauguratsiya marosimi 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.