«O‘zbektelekom» kompaniyasi xalqaro internet kanali o‘tkazuvchanligi 10 barobarga — yil boshidagi 110 Gbit/dan 1200 Gbit/s ga qadar oshirilgani to‘g‘risida xabar qildi. Bu haqda juma kuni AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi anjumanida ma’lum qilindi.

«O‘zbektelekom» orqali barcha provayderlarga yetkaziladigan internet tezkorligini oshirish uchun tarmoq modernizatsiya qilinib, yangi uskunalar o‘rnatildi.

Yil boshidan «O‘zbektelekom» operatorlar va provayderlar uchun internet kanali tariflari qiymatini 1 Mbit/s uchun 244,9 ming so‘mdan 169,4 ming so‘mga tushirgan bo‘lsa, dekabrda u yana 85 ming so‘mga pasaytiriladi.

Foydalanuvchilar uchun internet xizmatlarining yakuniy narxlari milliy operatordan kanal sotib olgan muayyan provayderga bog‘liq bo‘ladi. Har biri narxlarni mustaqil belgilaydi, tezlik esa texnologik ulanish va tarmoqning texnik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi, deya xabar qildi «O‘zbektelekom».

1 dekabrdan «O‘zbektelekom» Uzonline abonentlari uchun «haqiqiy limitsiz» yangi tarif rejalarini taqdim etadi.