Chorshanba kuni Gulchehra Nurillayeva hamda Sharof Ubaydullayevga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolik guvohnomalarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

A’zolik guvohnomalarini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi.

«Men bunday e’tiborni kutmagan edim. Adabiyot halol insonlarni boshida ko‘taradi. Men barchadan, ayniqsa, Prezidentimizdan minnatdorman», dedi Gulchehra Nurillayeva.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq turli sabablarga ko‘ra Yozuvchilar uyushmasidan chetlatilgan Mamadali Mahmudov, Norto‘xta Qilich, Ergash Muhammad, Dilshoda Saidolimova uyushmaga qayta a’zolikka olingan edi.