Dushanba kuni Xorazm viloyatida elektr ta’minotida uzoq vaqt uzilish bo‘lgani «Xorazm» nimstansiyasidagi yirik avariya bilan bog‘liq, deya xabar qildi «O‘zbekenergo» kompaniyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

26 noyabr kuni 3:00 dan 16:00 ga qadar ma’muriy markaz - Urganch va viloyatdagi bir qator tumanlarda elektr ta’minoti uzilgan.

Kompaniyadan izoh berilishicha, sovuq vaqtlarda O‘zbekistonda elektr ta’minotidagi uzilishlar odamlar gaz yo‘qligi sababli uylarni isitish va ovqat tayyorlashda elektr energiyasidan foydalanishi natijasida issiqlik elektr stansiyalarida zo‘riqishning ortishi bilan bog‘liq.

«O‘zbekenerg» uzilishlar sonini kamaytirish uchun «muayyan choralarni» ko‘radi, deya qayd etar ekan, aynan qanday choralar ekanligini aniqlashtirmadi.

Issiqlik elektr stansiyalari gaz bilan to‘liq ta’minlanmagani sababli to‘liq quvvat bilan ishlay olmaydi. «Agarda to‘liq quvvat bilan ishlasa, elektr energiyasi uzatishda bunday cheklovlar bo‘l"aydi», - deya qayd etdi «O‘zbekenergo».

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi aholisi elektr energiyasi uzilishlaridan eng ko‘p shikoyat qilmoqda. Vaholanki bu muammo butun respublikada kuzatilmoqda.

Elektr ta’minotida muntazam uzilishlar kuzatilishidan aholidan tashqari tadbirkorlar ham aziyat chekib, korxonalarini yopishga majbur bo‘lmoqda.

O‘zbekiston jami 14 ming MVt elektr toki ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, uning 86 foizini IESlar yetkazib beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oktyabrda bo‘lib o‘tgan majlisda issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarining 84 foizi qariyb yarim asr avval ishga tushirilgan bo‘lib, mavjud quvvatlar bor-yo‘g‘i 83 foizga ishlayotganini ta’kidlab o‘tgan edi.