Joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi L.Yu. (ismli ayol) tomonidan ijaraga olingan, hozirda «Fortuna Child» nomli xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Yong‘in oqibatida bog‘chaning 2-qavatiga o‘rnatilgan konditsioner va uning atrofida 5 kv.m. maydonida devor qog‘oz qoplamasi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in 2-qavatga o‘rnatilgan konditsionerni yoqib qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.