Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi hujumchisi Marat Bikmayev Pepsi Superligasi 31-turida «Paxtakor"ga qarshi o‘yinda odobsiz xatti-harakati uchun 20 mln so‘m miqdorida jarimaga tortib, ikki o‘yindan diskvalifikatsiya qildi.

Professional futbol ligasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Etika qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va yuz bergan holatni atroflicha o‘rganib chiqdi.

Qo‘mitaning eslatishicha, Superliga 23-tur uchrashuvlari doirasidagi «Metallurg» — «Lokomotiv» bahsi 90+4 daqiqasida ham «temiryo‘lchilar» jamoasi zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan Marat Bikmayev hakamlar guruhi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgan edi. Natijada o‘yinni boshqarib borgan hakam — Vladislav Seytlin ushbu futbolchini maydondan chetlatib, yozma bildirgi orqali Bikmayev avvaliga zaxira hakamini, so‘ngra butun hakamlar guruhini haqorat qilganini ma’lum qilgan va natijada Bikmayev ikkita rasmiy uchrashuvdan chetlatilgan edi.

«Marat Bikmayevning «Paxtakor"ga qarshi o‘yinda ham odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirganini aslo oqlab bo‘lmaydi. Zero milliy terma jamoa a’zosi barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim aslida», - deyiladi PFL xabarida.