27 noyabr kuni taxminan 21:30 da Toshkentning Olmazor tumanida Nurafshon va Sebzor ko‘chalari chorrahasida olti mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Mashinalardan birining haydovchisi jarohat oldi. Aynan u svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida chorrahaga kirib kelib, avariyaga sababchi bo‘ldi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli baholadi.