26 noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining o‘quv trevogasi e’lon qilindi. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Qo‘shinlar o‘quv trevogasining birinchi kuni belgilangan hududlarda avto va zirhlangan tank kolonnalari marshi bo‘lib o‘tdi. O‘quvlar vaqtida mudofaa mahkamasining asosiy e’tibori harbiy qism va muassasalarning jangovar shayligini hamda belgilangan muddat ichida yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatlarini baholash, o‘tkazilayotgan harbiy o‘quvlarda komandirlar tarkibining jangovar topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasiga qaratilmoqda.

O‘quv trevogasi vaqtida qo‘shinlar harakatini Mahkamalararo ishchi guruhi kuzatib bormoqda.

O‘quv tekshiruvlari 30 noyabrga qadar davom etadi.

Foto