Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun 26 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi, deya xabar qildi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Pan Gi Mun rahbarligidagi Janubiy Koreya hukumati va ijtimoiy soha vakillaridan iborat delegatsiya a’zolarini qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari O.Hamroyev mehmonni Qoraqalpog‘istonga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlatlari o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

BMTning sobiq bosh kotibi Orol fojiasidan jabr ko‘rayotgan xalqqa amaliy yordam ko‘rsatish, turli sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga barcha kuch-shijoatini safarbar qilishini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya Respublikasi delegatsiyasining Qoraqalpog‘istonga safari davomida Nukus shahrida «Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari va ushbu jarayonda koreys diasporasining ahamiyati» mavzusida xalqaro forum o‘tkazish rejalashtirilgan.