26 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda ular O‘zbekiston — Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qildi.

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.