Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 26 noyabr kuni Quyichirchiq tumanida yashovchi U.T. «Isuzu» rusumli avtobusni «Toshkent-Termiz» yo‘lining 841-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sabab boshqaruvni eplay olmay, avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

«Xalq so‘zi Online» nashrining O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, hodisa natijasida avtobusdagi yo‘lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.