Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tumani sudining tumandagi «Sohibkor» ма­ҳал­ла fuqarolar yig‘inidagi ochiq sud majlisida Bo‘ka tumanida yashaydigan Rustamali Ermatovning ishi ko‘rib chiqildi. Qozog‘iston Respublikasiga borib ishlashni niyat qilgan fuqaro jinoiy qilmishi uchun qonun oldida javob berdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tumani sudining raisi Mirali Mirrahimov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 7 sentyabr kuni qonuniy ravishda Қозоғис­тон Respublikasi hududiga ўт­gaн R. Ermatov Chimkentdagi bog‘da, Ixtiyor исм­ли yigitning қў­лиda yollanma ishchi sifatida ishlay boshlaydi.

Qisqasi, bog‘da turli xil yumushlarni bajarib yurgan Rustamali Ixtiyor bilan kelisholmay qoladi. Shunda Ixtiyorning tanishi Shavkat uning фу­қаролик pasportini olib qo‘yadi. Rustamali қў­лиda fuqarolik pasporti бўл­маса-da, O‘zbekistonga qaytish harakatiga tushadi va 11 sentyabr kuni soat 22:30 atrofida «G‘isht ko‘prik» chegara пос­ти yaqinidagi tikanli simlar orasidan noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘tayotganida chegarachilar tomonidan qo‘lga olinadi.

Bunday xatti-harakat Rustamali Ermatovga qimmatga tushdi. U eng kam oylik ish haqining yetti baravari, ya’ni bir million ikki yuz to‘qson ming so‘m jarima to‘laydigan бўл­ди.


,