24 noyabr kuni taxminan 22:10 da Sharof Rashidov tumanida Cobalt avtomobili haydovchisi Jizzax viloyat IIB yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

YTH natijasida inspektor I. F. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Sharof Rashidov tuman IIB vakilining yakshanba kuni «Gazeta.uz"ga qayd etishicha, jabrlanuvchining holati qoniqarli, hayotiga hech qanday xavf yo‘q.

Mazkur holat bo‘yicha F. A.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-modda 1-qismi bo‘yicha (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.