22 noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi S.Sh. (ismli ayol) uyida isinish maqsadida tezak yoqib, uxlab qoladi. Tezak chala yonib, undan is gazi ajralib chiqishni boshlaydi. Oqibatda o‘zi, bir yoshli o‘g‘li va birga yashovchi ovsini zaharlanib, kasalxonaga yotqizildi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar qilishicha, ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.