Toshkentda ayollar jamoalari o‘rtasidagi «CAFA Womenʼs Championship 2018» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning birinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Afg‘onistonni 20:0, ikkinchi turda esa Tojikistonni 11:0 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.

Bahrom Norsafarov shogirdlari uchinchi tur uchrashuvlari doirasida 27 noyabr kuni Eron jamoasiga qarshi o‘ynasa, Qirg‘iziston Afg‘onistonga qarshi bahs yuritadi.

«CAFA Women’s Championship 2018»

25 noyabr, yakshanba

O‘zbekiston — Tojikiston 11:0

Gollar: Lyudmila Karachik (11, 13,25,54), Qudratova Nilufar (23, 71, 86,90), Turdiboyeva Feruza (48), Habibullayeva Diyora (72, 90+3)

O‘zbekiston: 1. Tilolova Taylo, 4. Qo‘chqorova O‘g‘iloy, 7. Turdiboyeva Feruza, 9. Shoyimova Maftuna, 10. Qudratova Nilufar, 14. Safina Rushaniya (k), 15. Zoirova Umida, 17. Karachik Lyudmila, 19. Bektemirova Dilnoza, 20. Habibullayeva Diyora, 22. Husniddinova Soliha

Tojikiston: 15. Muttar Rahmatullayeva, 4. Iroda Jo‘rayeva, 5. Sayramjon Xolnazarova, 9. Zulayho Safarova, 11. Madina Fozilova, 13. Laylo Halimova, 14. Nadira Mirzoyeva, 17. Munisa Mirzoyeva, 18. Marjona Fayzulloyeva, 20. Nekubaxt Xudododova, 21. Nargiza Boboyeva