Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasining xabar qilishicha, musobaqada O‘zbekistondan Oksana Chusovitina hamda Sabina Turobova ishtirok etmoqda.

Gimnastika afsonasi Oksana Chusovitina o‘zining sevimli yo‘nalishi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida 14,416 ball bilan uchinchi natijani ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi. Endi O‘zbekiston vakili ertaga medallar uchun startga chiqadi. Bu borada Braziliya vakilasi Rebeka Adrade (14,766) birinchi bo‘ldi. Ikkinchi natijani esa AQSH sportchisi Jeyd Keri (14,483) ko‘rsatdi.


Brus mashqlarida qatnashgan Sabina Turobova esa 8,708 ball bilan 25-o‘rindan joy oldi.