2018 yil 10 noyabr kuni soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan «Damas» rusumli, 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning «Bog‘ishamol» mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPH katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 2018 yil 19 noyabrda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 2018 yil 19 noyabrdagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, kuplab suyak sinishi jaroxatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 19 noyabrda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.