Toshkent davlat yuridik universitetida 22 noyabr kuni «Intellektual mulk» kafedrasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda OTM matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Kafedra O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov hamda Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bosh direktori Frensis Garri tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, kafedrani tashkil etish dolzarbligi intellektual mulkni hurmat qilish va himoya qilishning muhimligi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish zarurligi bilan bog‘liq.

Kafedraning asosiy yo‘nalishlari — O‘zbekistonda intellektual mulkni muhofaza qilish va himoya qilish bo‘yicha tadqiqotlar hamda qonunchilikka takliflar ishlab chiqishdan iborat. Bundan tashqari, kafedra mamlakat vakillarini Turindagi JIMT Akademiyasida o‘qitish va chet ellik ekspertlarni jalb qilgan holda o‘quv-metodik bazani yaratadi.

Kafedra bu sohada yagona siyosatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston intellektual mulk agentligi bilan hamkorlik qiladi.

Shuningdek, «Intellektual mulk» yo‘nalishi bo‘yicha bir yillik magistratura ochish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 14 noyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston MDH mamlakatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shilgan edi.